Dastur haqida
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi
60210500 – Rangtasvir (dastgohli) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tasviriy san’at sohasida professional rassomlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Yo‘nalish talabalarda badiiy tafakkur, ijodiy yondashuv va rangtasvir san’atining nazariy hamda amaliy asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Qarshi davlat universitetida ushbu yo‘nalish San’atshunoslik fakulteti hamda Rangtasvir va amaliy san’at kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tarkib va o‘quv rejasi
Ta’lim jarayonida talabalar quyidagi fanlarni o‘rganadilar:
- Chizmatasvir;
- Rangtasvir;
- Kompozitsiya;
- Materialshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi;
- Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari;
- Jonli odam qomatining anatomik chizmatasviri;
- Haykaltaroshlik;
- Miniatyura;
- Kompyuterda loyihalash;
- Tasviriy san’at umumiy tarixi;
- Amaliy san’at o‘qitish metodikasi.
Shuningdek, talabalar ijodiy ustaxonalarda amaliy mashg‘ulotlar olib borib, mustaqil badiiy loyihalar ustida ishlaydilar.
Dasturni o‘rganish natijalari
Dasturni tamomlagan bitiruvchi:
- rangtasvir asarlarini yaratish;
- kompozitsiya va rang qonuniyatlarini amalda qo‘llash;
- badiiy loyihalarni ishlab chiqish;
- tasviriy san’at asarlarini tahlil qilish;
- zamonaviy grafik va loyihalash dasturlaridan foydalanish;
- ko‘rgazma va ijodiy tadbirlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Karyera imkoniyatlari
Bitiruvchilar:
- rassom;
- ijodiy ustaxona mutaxassisi;
- galereya va ko‘rgazmalar xodimi;
- san’at markazlari mutaxassisi;
- badiiy loyihalar ijrochisi;
- dizayner yordamchisi;
- madaniyat va san’at muassasalari xodimi
sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Shuningdek, magistratura bosqichida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga