WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70111501-Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining tavsifi. Mutaxassislik bo'yicha oʻqitish kredit-modul tizimi asosida tashkil etildi. 70111501-Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) mutuaxassisligi Pedagogika ta’lim sohasiga oid mutaxassislik boʻlib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʻqitish va unga ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari: 
1) Oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
2) Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot  institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim tizimi muassasalarida ilmiy-tadqiqot va jarayonlar;
3) Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik boʻyicha oʻquv-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar;
4) Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va texnik loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanuvchi obyektlar majmuasini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyat turlari:
1) Ilmiy-pedagogik faoliyati;
2) Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
3) Ma’naviy-ma’rifiy faoliyati;
4) Tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
5) Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o'rta maxsus, professional ta’lim tizimidagi pedagogik faoliyat

O'xshash dasturlar