WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro xalqaro universiteti

Ona tili va adabiyoti

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim shakllari: kunduzgi
Ta’lim tillari: rus
Dastur davomiyligi: 4 yil
Beriladigan daraja: bakalavr

60110800-Ona tili va adabiyoti (rus tili) - umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda ona tili (rus tili) va adabiyoti fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish, o'rta maxsus va professional ta'limda ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish, nashriyot va ommaviy axborot vositalarida muharrir va korrektor sifatida ishlash, maktabdan tashqari ta'limda uslubchi, to'garak rahbari sifatida pedagogik faoliyat olib borish, umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish, umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida kabinet mudiri, tyutor, metodist, arxiv xodimi, axborot-resurs markazi xodimi sifatida faoliyat yuritish, nashriyot va ommaviy axborot vositalarida muharrir va korrektor sifatida ishlash kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60110800-Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim  yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
• Ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
• Pedagogik;
• Ma’naviy-ma’rifiy;
• Tashkiliy-boshqaruv;
60110800-Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayonlari bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
60110800-Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar