WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Guliston davlat pedagogika instituti

Musiqa ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Musiqa ta'limi

3-6 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta'lim, 2 kunda pedagogik amaliyot o'tkaziladi.
3-6 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil ta'lim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini to'ldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil ta'lim topshirig'ini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.
1-2 kurs talabalarining yozgi ta'til davrida avvalgi semestrlarda o'zlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi ta'tilning birinchi haftasi ro'yxatga olish haftaligi, keyingi to'rt hafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.
 
O'quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg'ulotlari va laboratoriya ishlari oliy talim muassasalari hamda bazaviy tashkilotlarda o'tkazilishi mumkin.
Bitiruv oldi amaliyoti tarkibiga uni himoya qilish bo'yicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.
Xor va xorshunoslik. Dirijyorlik asoslari fanlari amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, Cholg'ushunoslik fani amaliy mashg'ulotlari, Ritmika va xoreografiya asoslari, An'anaviy xonandalik, Maqom san'ati asoslari, Cholg'u ansambli, Cholg'u ijrochiligi, Vokal ijrochiligi, Vokal ansambli, Qo'shimcha cholg'u, Folklor jamoalari bilan ishlash fanlari laboratoriya mashg'ulotlari konsertmeystrlar bilan 100%  ta'minlanadi.
1-bosqich: 2-semestrda o'quv kuzatuv) malaka amaliyoti uchun jami 4 kredit taqdim etiladi.
2-bosqich: 3-4-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 4-semestrdagi (o'quv kuzatuv) malaka amaliyoti uchun jami 2 kredit taqdim etiladi.
3-bosqich: 5-6-semestrlarda har semestrga 4+2 tartibi uchun 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit taqdim etiladi.

O'xshash dasturlar