WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Mikrobiologiya

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi

70510102 – Mikrobiologiya magistratura mutaxassisligi mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot faoliyati, genetikasi va biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, ulardan qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot va ekologiya sohalarida samarali foydalanish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mutaxassislik mikrobiologik jarayonlarni tadqiq etish, biotexnologik ishlanmalarni yaratish va ilmiy izlanishlar olib borishni qamrab oladi.

Tarkib va o‘quv rejasi

Ta’lim jarayonida magistrantlar:

  • Zamonaviy mikrobiologiya;
  • Mikrobiologik genetika;
  • Molekulyar biologiya;
  • Tibbiy mikrobiologiya;
  • Sanoat mikrobiologiyasi;
  • Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi;
  • Mikrobiologik tahlil usullari;
  • Biotexnologiya asoslari;
  • Mikrobiologik ekologiya;
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
  • Akademik yozuv;
  • Ilmiy-pedagogik faoliyat

yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

Dasturni o‘rganish natijalari

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan magistr:

  • mikroorganizmlarni ajratish, identifikatsiya qilish va tahlil etish;
  • mikrobiologik tadqiqotlarni tashkil etish va olib borish;
  • biotexnologik jarayonlarda mikroorganizmlardan foydalanish;
  • mikrobiologik xavfsizlik va nazorat tadbirlarini amalga oshirish;
  • ilmiy loyihalar va laboratoriya ishlanmalarini ishlab chiqish;
  • oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish

ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Karyera imkoniyatlari

Mutaxassislik bitiruvchilari:

  • mikrobiolog-tadqiqotchi;
  • biotexnolog;
  • laboratoriya mutaxassisi;
  • sanitariya va epidemiologiya tizimi xodimi;
  • farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati mutaxassisi;
  • oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisi;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari xodimi

sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar