WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Tibbiy profilaktika ishi

Bakalavr Kunduzgi 5 yil Grant mavjud

Dastur haqida

60910400 Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lm shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 5 yil.

 

60910400—Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari (respublika, viloyat, shahar, tuman va tarmoq (O‘zbekiston havo yo‘llari, O‘zbekiston temir yo‘llari va boshqalar) Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati markazlarida, OITS qarshi kurash markazlarida, patologik anatomiya markazlarida, sud-tibbiyot ekspertiza markazlarida, atrof-muhit ob’ektlarini sanitariya holatini o‘rganish, gigienik baholash va profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini olib borish; aholi yashash joylari atrof-muhitini sanitariya muhofazasiga yo‘naltirilgan tibbiy-profilaktik muammolar bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, sanitariya-gigienik reglament va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish faoliyatini olib borish; sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida sanitariya- gigienasi sohasida kompleks masalalarni yechishni o‘z ichiga oladi.  Klassifikator bo‘yicha – “Vrach gigienist-epidemiolog” diplomi bo‘yicha o‘z ksbiy faoliyatini amalga oshiradi.

O'xshash dasturlar