WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Tibbiy-biologik ish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

60910600 Tibbiy biologik ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan bitiruvchilar “Fundamental tibbiyot mutaxassisi”  deb nomlangan  Sog‘liqni saqlash  vazirilikga tegishili muassasalarida o‘z kasbiy faoliyatini olib borishadi.

 

Fundamental tibbiyot mutaxassisi - bu tibbiy fundamental fanlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, kasallikning patogenezi va patomorfologiyasining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, ichki organlar kasalliklari yoki asoratlami rivojlanish xavfini profilaktika qilish, laboratoriya xizmatining tashkiliy masalalarini hal qilish, boshqarish bo‘yicha zarur nazariy bilimlarga va asosiy amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassis. zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlaydigan, eksperimental modellashtirish, rejalashtirish asoslarini biladigan, har bir yoshdagi va individual va ijtimoiy-kasbiy guruhlar, shuningdek ekologiya nuqtai nazaridan aholining sog‘1ig‘ini himoya qilish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlami asoslash, ishlab chiqish va amalga oshirish uchun laboratoriya tadqiqotlari sifatini nazorat qilish. tibbiyot va biologiyaning fundamental yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish kabi vazifalarni kamrab oladi.

Fundamental tibbiyot mutaxassisi o‘z kasbiy faoliyatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiy va biologik ma’ muriy hududlardagi muassasalarida amalga oshiradi: yirik ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlaming diagnostika laboratoriyalarida, respublika, viloyat, shahar va tuman klinik shifoxonalarida; ortirilgan mmmunitet tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurashish uchun laboratoriya markazlarida; o‘ta xavfli infeksiyalarning oldini olish laboratoriya markazlarida; ixtisoslashtirilgan dispanserlaming diagnostika laboratoriyalarida; birlamchi tibbiy yordamda; respublika, viloyat, tuman sanitariya-epidemiologiya muassasalarining laboratoriyalarida; sog‘liqni saqlash tizimidagi organlar va muassasalarda Fundamental tibbiyot mutahassisi” lavozimida ishlaydilar.

O'xshash dasturlar