WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Jizzax davlat pedagogika universiteti

Matematika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Matematika ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak.

Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60540100 – Matematika bakalavriyat ta’lim yo’nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limi muassasalarida ta’lim yo’nalishiga oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar