WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Alfraganus universiteti

Matematika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Matematika (Bakalavriat)

Alfraganus Universitetining Matematika dasturi talabalarga fundamental matematika, amaliy matematika va zamonaviy matematik modellashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar beradi. Dastur ta’lim, ilmiy-tadqiqot, axborot texnologiyalari, moliya va sanoat sohalarida faoliyat yurita oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Davomiyligi: 4 yil (8 semestr)
Kreditlar: 240 ECTS
Daraja: Matematika bakalavri
Ta’lim shakli: Kunduzgi

Asosiy fanlar: Matematik analiz, Algebra, Geometriya, Chiziqli algebra, Differensial tenglamalar, Diskret matematika, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, Sonlar nazariyasi, Matematik mantiq, Matematik modellashtirish, Hisoblash usullari, Dasturlash asoslari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Matematikani o‘qitish metodikasi.

Malakaviy amaliyot dasturning muhim qismi hisoblanadi. Talabalar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, IT kompaniyalari, banklar hamda davlat va xususiy tashkilotlarda amaliyot o‘tash orqali kasbiy tajriba orttiradilar.

Bitiruvchilar matematika o‘qituvchisi, matematik, ilmiy xodim, ma’lumotlar tahlilchisi, aktuariy, dasturchi, moliyaviy tahlilchi hamda davlat va xususiy tashkilotlarda matematika va analitika bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Dastur zamonaviy ta’lim va mehnat bozori talablariga muvofiq mantiqiy va analitik fikrlash, matematik modellashtirish, ilmiy-tadqiqot olib borish, muammolarni tahlil qilish hamda innovatsion yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

*Xorijiy talabalar uchun kontrakt to‘lovi miqdori 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m etib belgilangan.

O'xshash dasturlar