Dastur haqida
|
60540100 – Matematika va 60540200 – Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishlari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘lib, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya, sug‘urta, statistika, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda matematik tahlil, matematik modellashtirish, hisoblash usullari, ma’lumotlarni qayta ishlash, ilmiy-pedagogik va muhandislik faoliyati bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Tarkib va o‘quv reja Ta’lim yo‘nalishlarida talabalar matematik analiz, algebra va sonlar nazariyasi, analitik va differensial geometriya, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, diskret matematika, matematik mantiq, funksional analiz, optimallashtirish usullari, hisoblash matematikasi, matematik modellashtirish, sonli usullar, algoritmlar va dasturlash, ma’lumotlar bazalari, sun’iy intellekt elementlari, axborot texnologiyalari hamda matematikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha fundamental nazariy va amaliy bilimlarni egallaydilar. Xususan, Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishida matematik modellashtirish, optimallashtirish, dasturlash texnologiyalari, ma’lumotlarni tahlil qilish (Data Analysis), sun’iy intellekt elementlari, mashinaviy o‘qitish asoslari, iqtisodiy va texnik jarayonlarni matematik modellashtirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv natijalari Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng bitiruvchi:
Karyera imkoniyatlari Bakalavr dasturi bitiruvchilari umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarida matematika fanidan o‘qituvchi, metodist, kabinet mudiri, laborant va katta laborant lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari korxonalari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish markazlari, bank-moliya va sug‘urta tizimi, statistika organlari, sanoat korxonalari, loyiha va muhandislik tashkilotlari, data-markazlar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi korxonalar, konsalting kompaniyalari hamda davlat va nodavlat tashkilotlarida matematik, amaliy matematik, dasturchi, ma’lumotlar tahlilchisi (Data Analyst), biznes-analitik, statistik, modellashtirish bo‘yicha mutaxassis, ilmiy xodim, tadqiqotchi va muhandis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Shuningdek, ular magistratura bosqichida ta’limni davom ettirish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. |
O'xshash dasturlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Matematika
18 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Amaliy matematika
17 834 925 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Matematika
20 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika
17 834 925 so'm
yiliga