Dastur haqida
Nomi: Matematika
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz davlat va jamiyat uchun har doim o‘z dolzarbligi hamda zaruriyligi jihatdan yetakchilardan bo‘lgan “Matematika” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. “Matematika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limi muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida matematika fanidan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ishlab chiqarish korxonalari hamda bank-moliya sohasi tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
Siz 4 yil davomida “Matematika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr(4 yil) davomida jami 240 kredit to‘plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 2730 soat
Jami mustaqil ta’lim soatlari: 3330 soat
Malkaviy amaliyot: 690 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 450 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
14 |
4,6,8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
10 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
44 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
10 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo’shimcha izohlar:
- Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Matematika
18 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Amaliy matematika
17 834 925 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Matematika
20 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika
17 834 925 so'm
yiliga