WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Logistika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

61010400 - Logistika

Bilim sohasi: Xizmatlar
Ta’lim sohasi: Xizmat koʻrsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi: Logistika

 

ECTS kreditlari: 240

 

Qisqacha tavsif:

Dasturning maqsadi – logistika sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, biznesning turli sohalarida moddiy, moliyaviy, axborot va servis oqimlari hamda resurslarni boshqarish va optimallashtirishni amalga oshira oladigan, logistika sohasida samarali qarorlarni qabul qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bitiruvchilar turli mulk shakllariga tegishli korxona va kompaniyalarning moddiy ishlab chiqarish, tovar aylanmasi va xizmat ko‘rsatish sohasida logistika tizimlari faoliyatini tashkil etish, tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

Amaliyot: Talabalar 4-kursning 8-semestrida 15 hafta davomida (30 kredit) mahalliy davlat va xususiy sektor korxonalari, kompaniya va tashkilotlarida amaliyotni o‘taydi.

Karyera istiqbollari:

Bitiruvchilar turli mulk shaklidagi iqtisodiyot tarmoq va sohalaridagi biznes subyektlarining logistika faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ishlab chiqarish, transport, ombor xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura (MSc) va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida oqishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar