WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Logistika

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Logistika mutaxassisligi

Umumiy tavsifi

70411701-Logistika bo'yicha magistratura dasturi logistika xizmatlar ko'rsatish sohasida chuqur bilim va tajribani taʼminlovchi magistratura dasturidir. Dastur magistratura bosqichi talabalarini logistik xizmatlar ko'rsatish tizimini boshqarishning murakkab muhitida faoliyat yuritish va samarali logistik xizmatlar ko'rsatish  amaliyotiga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan ilg'or ko'nikmalar va muhim bilimlar bilan ta’minlashga mo'ljallangan.

Tarkib va O'quv rejasi

Dastur davomida talabalar logistik xizmatlar ko'rsatish nazariyalari, logistikani boshqaruv tizimlari, logistik operasiyalar va logistik zanjir, logistik kompaniyalar raqobqtbardoshligi, risklarni boshqarish, logistik kompaniyalar faoliyatini boshqarishning ichki va xalqaro me’yorlariga rioya qilish kabi murakkab mavzularni o‘zlashtiradilar. Ular logistik kompaniyalar faoliyatini boshqarishning strategik, huquqiy, axloqiy va moliyaviy jihatlarini chuqur o‘rganadilar, zamonaviy logistik kompaniyalar  oldida turgan muammolar va imkoniyatlar haqida har tomonlama tushunchaga ega bo‘ladi.

Logistika mutaxasisligi bo'yicha magistratura dasturining o'quv rejasi nazariyani va uning amaliy qo'llanilishini birlashtiradi. Talabalar logistik operatsiyalarni tashkil etish va boshqarish masalalari bilan bog'liq tahliliy va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tadqiqotlar, tadqiqot loyihalari va simulyatsiyalarda ishtirok etadilar. Shuningdek, ular soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, stajirovkalarda qatnashish yoki sohada amaliy tajriba orttirish uchun real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O'quv natijalari

Magistratura dasturining o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:

• logistik xizmatlar ko'rsati tamoyillari, nazariyalari va rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalari, shu jumladan boshqaruvning turli modellari va ularning o’ziga xosliklarini tushunish.

• Logistik kompaniyalar faoliyatida samarali nazorat, hisobdorlik va shaffoflikni ta'minlash uchun boshqaruv tuzilmalari, boshqaruv tuzilmalari va mexanizmlarini tahlil qilish va baholash.

• Logistika xizmat ko'rsatish soxasidagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarni bilish, shu jumladan logistik kompaniyalar faoliyatini  tartibga soluvchi va manfaatdor tomonlarning manfaatlarini himoya qiluvchi qonunchilik bazasini tushunish.

• tovar moddiy boyliklarini qadoqlash, saqlash, transportirovka qilish va etkazib berishdagi  risklarni va axloqiy xavflarni tanqidiy baholash va boshqarish.

• logistik xizmatlar ko'rsatish sohasida strategik qarorlar qabul qilish, jumladan logistik kompaniyalar faoliyatini strategik baholash, qabul qilingan qarorlari oqibatlarini baholash va kompaniya maqsadlariga mos keladigan boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish.

• Manfaatdor tomonlar bilan o'zaro aloqada bo'lish va muloqot qilish, shu jumladan, logistik kompaniyalar faoliyatini boshqarishning jahonning rivojlangan kompaniyalari ilg’or tajribalarini o'rganish va qo’llay olish, turli manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish va manfaatlar to'qnashuvini boshqarish.

• Mustaqil tadqiqot o'tkazish, empirik dalillarni baholash va logistik xizmatlar ko'rsatish  sohasidagi bilimlarni rivojlantirishga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan tadqiqot va tahliliy ko'nikmalar ega bo’lish.

Karyera imkoniyatlari

Logistika mutaxasisligi  magistratura bosqichi bitiruvchilari turli sohalarda faoliyat olib borish imkoniyat ega bo’ladilar. Bitiruvchilar logistika bo’yicha mutaxassis bo'lganligi bois, logistik kompaniyalar  bo'yicha menejer, yuk tashuvlarini tashkil etish va boshqarish bo'yich maslahatchi, boshqarma yoki bo'lim boshlig'i, yuk tashuvlarini tashkil etish va boshqarish bo'yicha optimal yo'nalishlar ishlab chiqish, transport kompaniyalari, nazorat qiluvchi agentliklar, brokerlik va deklorantlik firmalarida maslahatchi sifatida ishlashi mumkin. Ba'zi bitiruvchilar ushbu sohada PhD tadqiqotni davom ettirishlari mumkin.

Umuman olganda, logistika bo'yicha magistrlik dasturi talabalarga logistik boshqaruvning rivojlanayotgan sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan ilg'or bilim, ko'nikmalar bilan ta’minlaydi. Dastur bitiruvchilarni murakkab boshqaruv muammolarini hal qilishga tayyorlaydi, logistik xizmatlarni taklif etish qarorlar qabul qilishni va tashkilotlarning uzoq muddatli barqarorligi va muvaffaqiyatiga hissa qo'shishiga yordam beradi.

O'xshash dasturlar