WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Yo‘nalish talaba-yoshlarga adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, o‘zbek  adabiy tanqidi tarixi, o‘zbek va jahon adabiyoti masalalarini qiyosan o‘rganish, zamonaviy adabiy  jarayon muammolarini  ta’lim bosqichlarida  samarali o‘qitish, jahon standartlari talablari darajasida filolog-pedagog kadrlarni tayyorlash, shu asosda ilmiy-nazariy adabiyotshunoslikni takomillashtirish maqsadida ish olib boradi. Shuningdek, jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi jahon xalqlari adabiyotining manbalari, tarixiy davrlari, bosqichlari, adabiy metodlari, oqimlari, tur va janrlari, yetakchi adabiy siymolari, ularning yuksak badiiyatga ega asarlari, badiiy xususiyatlari, ijodkor uslubiy mahorati masalalarini magistratura bosqichi talabalariga mukammal ilmiy metodologiya asosida yetkazish hamda umumbashariy adabiy-nazariy tafakkur, adabiy tanqid, badiiy tafakkur tarixi, tadriji, umumjahon adabiyotshunosligi kriteriylari, adabiyotshunoslikning boshqa gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan uzviy munosabatini oʻrganishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, asosiy faoliyatini o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur tadqiq etish, adabiyotimiz tarixi va ajdodlarimiz qoldirgan adabiy-ma’naviy meros mohiyatini talaba yoshlar ongiga singdirish, mumtoz poetika qonuniyatlarini o‘rgatish, adabiyotshunoslik, navoiyshunoslikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish va ularni to‘plash vazifalari tashkil etadi. Yo‘nalishning maqsadi milliy-ma’naviy qadriyatlar, adiblarimiz ilgari surgan ilg‘or g‘oyalar bilan qurollangan, keng kasbiy ko‘nikmaga ega, mustaqil va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishdir.

O'xshash dasturlar