WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Lingvistika (fransuz tili)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70230101 Lingvistika: fransuz tili  magistratura mutaxassisligi tili o‘rganilayotgan mamlakat tili va madaniyati, diskurs matnning turlari va shakllari, madaniyatlararo muloqot (yozma va og‘zaki turlari), tili o‘rganilayotgan mamlakat tilining taraqqiyot qonuniyatlari, tili o‘rganilayotgan mamlakatdagi til vaziyati, jahon tilshunosligi, tilshunoslik nazariyasi, tilshunoslik tarixi; hozirgi zamon tilshunosligidagi yangi yo‘nalishlar, tilshunoslik sohasidagi muammolar va ularning yechimlari, tilshunoslikda qo‘llanuvchi metodlar, ularning xususiyatlari va qo‘llanishi, tilshunoslikka oid nazariy qarashlar va yetakchi konsepsiyalar, gipotezalar, tushunchalar, tamoyilarni tahlil qilish masalalarini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyatining turlari:
– Ilmiy-tadqiqot;
– Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarda ilmiy-pedagogik hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarida pedagogik faoliyat (o‘rnatilgan tartibda);
– Muharrirlik va marketing sohalaridagi faoliyat;
– Tashkiliy-boshqaruv faoliyat;
– Konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar