WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat texnika universiteti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60410100-IQTISODIYOT

BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI

 

Umumiy tavsif:

60410100 - Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki, sirtqi vа masofaviy shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi (Oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno). Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.

KASBIY FAOLIYATLARINING TAVSIFI

Kasbiy faoliyatining sohalari.

“Biznes, boshqaruv vа huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit vа sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta mахsus vа oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish, iqtisodiy vа tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari vа uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyatlarining obyektlari.

Davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmаlаr), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar; iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona vа muassasalar samaradorligi vа natijadorligini oshirish jarayonlari; iqtisodiyotning turli tarmoq vа sohalarida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari; tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari; firmа va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.

60410100 - Iqtisodiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

Kasbiy faoliyatlarining turlari:

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

  • ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
  • kichik ilmiy xodim va yordamchi lavozimlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi;
  • ilmiy-uslubiy va boshqa texnik ishlarni bajarish;
  • ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (ta’lim yo‘nalishi xususiyatlariga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish;
  • ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarni tashkil etish hamda ilmiy, tahliliy ommabop nashrlarda maqolalar bilan qatnashish;
  • ilmiy va ilmiy-uslubiy faoliyat turlari bo‘yicha axborot-resurs kataloglarini tuzish va ulardan foydalanish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarga tegishli mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalardagi muammolar mavzulari bo‘yicha iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va topish;
  • ilmiy tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini аmаlgа oshirishda qatnashish;
  • tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etishda qatnashish bo‘yicha faoliyat olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

  • fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga;
  • dunyoqarash bilan bog‘liq falsafiy bilimlarga tizimli ega bo‘lishi, mustaqil tahlil qila olishi, kasbiy faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
  • Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob va tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
  • rejalashtirish ishlarini tashkil etish;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektni xo‘jalik-moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va joriy rejalarni (dasturlarini) ishlab chiqish;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy faoliyatini oqilona tashkil etishda mamlakatimiz va xorij tajribasini o‘rganish;
  • ishlab chiqarishni texnologik asoslarini bilish;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarni texnika-iqtisodiy hisob-kitoblar va xo‘jalik faoliyati tahlilini olib borishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish;
  • mehnatni muhofaza qilish me’yor va qoidalariga amal qilish.
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yechimlarini amaliyotga tatbiq etish;
  • fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
  • bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash.

Axborot-tahliliy faoliyatida :

  • zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish, ishlab chiqarish jаrауоnlаri monitoringi vа sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • ishlab chiqarish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tashkilotning tashqi va ichki muhiti omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish;
  • qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va boshqarish uchun ma’lumot to‘plash, tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish va uning ishlashini boshqarish;
  • tashkilotning ichki hujjatlarni tizimini ishlab chiqish va boshqarish, tashkilotlar faoliyatining turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • loyihalar samaradorligini baholash;
  • mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar ko‘rsatkichlari o‘zgarish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish hamda ularni sharhlash;
  • tahliliy masalalarni hal qilishda zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish;
  • axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida

  • atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
  • ishlab chiqarish jarayonlari va resurslardan foydalanishni rejalashtirish, favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil qilish;
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalariga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini qo‘llash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy xizmat bo‘linmalarini tashkil etish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda yangi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
  • tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanish tamoyillarini qo‘llash;
  • bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitasion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish;
  • ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Tadbirkorlik faoliyatida:

  • yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
  • biznesni tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • o‘z biznesini yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

 

 

 

Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishida Siz 8 semestr(4 yil) davomida jami:

240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

Jami auditoriya soati: 6300 soat.

Malakaviy amaliyot: 900 soat.

HAMMASI: 7200 soat.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar

Davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

15

8

Attestatsiyalar

21

1-8

Davlat attestatsiyalari

8

8

Ta’tillar

47

1-8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,3,5,7

GPA ko‘rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

Jami

204

 

 

Qo‘shimcha izohlar:

  • Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi

 

O'xshash dasturlar