Dastur haqida
Iqtisodiyot yo‘nalishi bakalavriat dasturi zamonaviy global bozor talablariga mos ravishda, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan. Dastur talabalarga iqtisodiy nazariya, mikro va makroiqtisodiyot, moliya, menejment hamda biznes jarayonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)da bakalavriatning birinchi yili fundamental tayyorgarlik bosqichi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha zarur asosiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Ushbu bosqich talabalarga keyingi kurslardan boshlab o‘z mutaxassisligini ongli ravishda tanlash va akademik yo‘lini aniq belgilash imkonini beradi.
Dastur tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv, muammolarni hal qilish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarning zamonaviy iqtisodiy muhitda samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
Karyera imkoniyatlari
TIU talabalarga ikki mutaxassislik (double major) asosida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalar doirasini sezilarli darajada kengaytiradi.
Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- iqtisodchi, moliyaviy tahlilchi yoki biznes analitik;
- bank va moliya institutlarida mutaxassis;
- xalqaro kompaniyalar va korporatsiyalarda menejer;
- davlat va xususiy sektor tashkilotlarida iqtisodiy rejalashtirish mutaxassisi;
- konsalting va audit kompaniyalarida ekspert;
- tadqiqot markazlari va ilmiy institutlarda iqtisodiy tahlilchi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga