WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Investitsiyalarni boshqarish

Magistr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

Ushbu mutaxassislik mamlakat va xalqaro miqyosda investitsiyalarni boshqarish, kapital bozorlarini tahlil qilish, investitsion strategiyalar tuzish va portfolio boshqaruvi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar beradi.

70410503 – Investitsiyalarni boshqarish magistratura mutaxassisligi –  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, ilmiy tadqiqot markazlarida, davlat boshqaruvi organlarida, tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchi turli mulkchilik shaklida faoliyat ko‘rsatuvchi qo‘shma korxonalarda, banklarda, tashkilot va korxonalarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, kompleks masalalarni yechishni qamrab oladi.

O‘qitish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar bitiruvchilarga quyidagilarga imkon beradi:

•Investitsiya tahlili, risk va rentabellikni baholash metodlarini chuqur tushunish;

•Portfel strategiyalari ishlab chiqish va diversifikatsiyani amaliy joriy etish;

•Korporativ investitsiyalar va xususiy kapital (private equity) sohasida ekspertizaviy ekspertiza;

•Xalqaro investitsiya siyosati, moliyaviy bozorlarda tranzaksiya va investitsion shartnomalarni tahlil qilish;

•Investitsiya hisobotlari, tahliliy prezentatsiya va konsalting materiallarini tayyorlash.

O'xshash dasturlar