WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar

Magistr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

Ushbu magistratura dasturi talabalarni fan sohasi, asosiy toifalari, xalqaro munosabatlar va jahon siyosatining asosiy muammolarini tushunish va tahlil qilishning uslubiy yondashuvlari bilan tizimli tanishtirishga qaratilgan. Uning asosiy maqsadi talabalarni ijtimoiy fanlardan biri bo'lgan xalqaro munosabatlarning maxsus, umume'tirof etilgan konseptual va terminologik nutqi bilan tanishtirishdan iborat.

70310201 – Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar magistratura yoʻnalishi boʻlib, uning maqsadi talabalarda xalqaro voqealarning tarixiy-madaniy mazmuni va ularning namoyon boʻlish shakllari, ularni siyosatchilarning qarashlari va xalqlarning milliy intilishlari bilan turli siyosiy, strategik, ijtimoiy-iqtisodiy, sivilizatsiyaviy va boshqa o'lchovlardagi xalqaro munosabatlarning haqiqiy holati o'rtasidagi bevosita amaliyot orqali tekshirish, olimlarning nazariy konstruksiyalari oʻrtasidagi aniq bogʻliqlikni shakllantirishdan iborat.  

Magistratura dasturi xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat sohasiga oid ixtisoslashtirilgan ilmiy-tahliliy tashkilotlar va markazlarda kasbiy amaliyotni o‘tash imkoniyatini nazarda tutadi.

O‘quv jarayonida fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida, davlat hokimiyatining turli tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, Tashqi ishlar vazirligi , Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi, prokuratura va adliya organlari), turli milliy (huquqiy tuzilmalar) va transmilliy xalqaro tashkilotlar (LUKOIL, PcW) xo'jalik yurituvchi subyektlarda, shuningdek vakolatxonalarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega. 

O'xshash dasturlar