Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
Dastur haqida
Bugungi kunda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti iqtisodiy fanlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashda respublikaning yetakchi fakultetlaridan biri hisoblanadi.
60412000 – “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” yoʻnalishi JIDUning bakalavriat ta’lim dasturi boʻlib, xalqaro iqtisodiyot, biznes va menejment yoʻnalishlarida ishlashlari uchun xalqaro iqtisodiyot va menejment sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi. Dastur universitetning katta tajribasiga tayanadi va jahon andozalari darajasidagi ta’limni kafolatlaydi, shuningdek, davlat, xususiy va notijorat sektorlarini yuqori mutaxassislikka ega kadrlar bilan ta’minlaydi.
O'qish davomida har bir bakalavriat talabasi 4 yil ichida 4 ta tilni o'zlashtirish imkoniyatiga ega:
1. O‘zbek tili
2. Rus tili
3. Ingliz tili
4. Xalqaro til (til markazida 16 ta til o'qitiladi)
Bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalariga quyidagilar kiradi:
- Tashqi siyosiy faoliyat bo'yicha davlat organlari tizimi;
- O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar hamda boshqa davlat organlari va muassasalarining xalqaro bo‘limlari va idoralari;
- Xalqaro tashkilotlar;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Fakultetda O’zbekistonning tajribali professor-o’qituvchilaridan tashqari Yevropa, AQSh, Rossiya va Osiyo davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarining mutaxassislari ham dars beradilar. Bundan tashqari, taniqli siyosatchilar, iqtisodchilar, xorijiy elchilar va jamoat arboblari muntazam ravishda ma’ruzalar o’qiydilar.
Fakultet O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini jahonning siyosiy maydonida himoya qila oladigan yetuk diplomatlar, siyosatshunoslar hamda xalqaro munosabatlar sohasining turli jabhalarida ishlay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Bugungi kunda bitiruvchilarimiz elchilar va diplomatlar bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini egallab, dunyodagi yetakchi xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalarda muvaffaqiyatli ish faoliyatini olib bormoqdalar.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga