WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tashqi iqtisodiy faoliyat

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi
Umumiy tavsifi
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislik  bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, mutaxassislikka oid kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining kompleks masalalari majmuasini qamrab oladi. 
Tarkib va o‘quv reja
Dasturni o‘rganish davomida talabalar iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan bir qator fundamental va ilmiy tadqiqot yo‘nalishidagi fanlarni, jumladan, Mikroiqtisodiyot-2, Biznesni tadqiq etish usullari, Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi,  Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, Xulq-atvor iqtisodiyoti, loyiha boshqaruvi kabilar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga iqtisodiyot kontekstida tanqidiy va ijodiy fikrlash, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, muammolarni aniqlash, ularni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar bevosita ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadilar, kurs yakunida magistrlik dissertatsiyasi himoya qilinadi.
O‘quv natijalari
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi dasturini muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng talabalar quyidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
- ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish;
- ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish;
- ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish;
- mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;
- oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish;
- o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
- davlat, mahalliy hukumat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatida foydalana olish;
- iqtisodiyot tarmoq va sohalarining miqdor va sifat me’zonlari, iqtisodiy tizim va ob’ektlar chegaraviy hamda kritik holatining indikatorlarini aniqlash;
- barqaror iqtisodiy rivojlanish sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
- iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaviy barqarorligini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish.
Karyera imkoniyatlari
Magistratura dasturining bitiruvchilari iqtisodiyot bilan bog‘liq turli mulkchilik shaklidagi korxona, tashkilotlarda turli  lavozimlarda, jumladan, iqtisodchi, komplayens nazorat bo‘yicha mutaxassis, moliya - reja bo‘limi boshlig‘i, ichki auditor va iqtisodiy masalalar sohasida maslahatchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Hamda oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bitiruvchilar vazirliklar, davlat idoralari, tijorat va notijorat tashkilotlari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi firmalarda ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, bitiruvchilar ushbu sohada Ph.D. tadqiqotni davom ettirishlari mumkin.

 

O'xshash dasturlar