Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari
Dastur haqida
Mutaxassislik tavsifi:
70310106-Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari mutaxassisligi turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, bank, soliq va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, IT park, Texnopark, internet provayderlari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tashkilotlari, IT-akademiyalar, oliy ta’lim muassasalarning axborot, tashkiliy, biznes, marketing, ishlab chiqarish – axborot tizimlari xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni texnologik rivojlantirishga, istiqbol rejasini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
- biznes-jarayonlarini tashkil qilish, tahlil qilish, optimallashtirish va yangidan tuzish uchun zamonaviy usullar to‘g‘risida nazariy hamda amaliy tushunchalarga ega bo'lish;
- operatsion ma’lumotlarni tahlil qilish (OLAP tizimlari), korporativ axborot tizimlarini, biznes tahlil va hisobotlarni tayyorlashni, ma’lumotlar bazasini yuritish;
- biznes axborot tizimlarini rejalashtirish, ishni samarali tashkil etish, boshqaruvning zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llay olish, texnik xodimlar jamoasiga yetakchilik qilish, onlayn aloqalarni amalga oshirish;
- biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari strategiyasini shakllantirish, korxonalarga joriy etish va amalga oshirish, tahlil qilishning asosiy usullarini qo‘llash;
- davlat xizmatlarini yaxshilashda raqamli texnologiyalardan yanada samaraliroq foydalanish uchun raqamli boshqaruvni (amaliyotlar, jarayonlar va vositalar) qo‘llash;
- biznes loyihalar, biznes-rejalar va smart-shartnomalarni shakllantirish hamda boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- AKT sohalari va bozorlari bilan bog‘liq siyosat va qoidalarni xalqaro nuqtai nazardan tahlil qilish;
- axborot va xizmat ko‘rsatish faoliyatiga taalluqli qarorlarni qabul qilishda, ularni aniq vazifalarga moslashtirish orqali biznes modellarini shakllantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish;
- boshqaruv qarorlarini axborot tizimlari, jumladan, intellektual va ekspert tizimlari yordamida samarali qabul qilish;
- biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning texnik va texnologik sharoitlarini baholash, yangi tizim imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirish;
- avtomatlashtirilgan tizimlar uchun foydalanuvchi talablarini aniqlash, tashkiliy va texnologik komponentlarni tahlil qilish va baholash;
- kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish, startaplarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- qidiruv va tahliliy texnologiyalar, axborot tizimlari va texnologiyalarining hozirgi tendensiyalarini kuzatib borish va prognozlash;
- raqamli transformasiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlari, raqamli transformasiya samaradorligini baholash, kiberxavfsizlik muammolarini aniqlash, davlat xususiy sherikchilik asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish;
- biznes jarayonlarini samarali tashkil etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni baholash, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
O'xshash dasturlar
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
15 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
14 400 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Axborot tizimlari
9 700 000 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Kompyuter injiniringi
22 000 000 so'm
yiliga
Britaniya menejment universiteti
Biznes-tahlil
60 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Axborot tizimlari
16 800 000 so'm
yiliga