WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro xalqaro universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim shakllari: kunduzgi
Ta’lim tillari: ingliz
Dastur davomiyligi: 4 yil
Beriladigan daraja: bakalavr

60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari - Fan sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'lib, umumta'lim, professional ta'limi muassasalarida ta'lim yo'nalishiga oid fanlarni o'qitish, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, hukumat, jamiyat, sog'liqni saqlash, davlat va nodavlat korxonalarda axborot tizimlari va texnologiyalari bo'yicha kompleks masalalarni hal etish, professional ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim  yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
• Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat;
• Tashkiliy-boshqaruv;
• Axborot-tahliliy faoliyat;
• Loyihaviy-konstruktorlik;
• Ishlab chiqarish;
60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayonlari bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar