Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Infokommunikatsiya injiniringi
Dastur haqida
Axborot va aloqa muhandisligi
Tavsif:
Ushbu ta’lim yo‘nalishi zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda siz ilg‘or raqamli aloqa tizimlari, axborot uzatish texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan aloqa vositalari va tarmoqlarni boshqarish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lasiz.
2 yil davomida siz signal ishlov berish, yuqori chastotali tizimlar, optik aloqa, 5G va undan keyingi avlod texnologiyalari, hamda global axborot infratuzilmalarini loyihalash va optimallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirasiz.
Dastur sizni ilmiy-tadqiqotga yo‘naltiradi, real muammolarga muhandislik yechimlarini taklif qila oladigan, innovatsion fikrlaydigan va zamonaviy texnologiyalarni chuqur anglaydigan mutaxassis sifatida yetishtiradi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:
120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Umumiy topshiriqlar hajmi: 3600 soat
Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 300 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 900 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat |
45 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot |
5 |
1– 4 |
|
|
Attestatsiya |
9 |
1 – 3 |
|
|
Davlat attestatsiya |
5 |
4 |
|
|
Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
10 |
1 – 4 |
|
|
Kredit-modul tizimi haftaligi |
5 |
1 – 2 |
|
|
Ta’til |
21 |
1– 4 |
|
|
Jami |
100 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit-modul tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
15 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
14 400 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Axborot tizimlari
9 700 000 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Kompyuter injiniringi
22 000 000 so'm
yiliga
Britaniya menejment universiteti
Biznes-tahlil
60 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Axborot tizimlari
16 800 000 so'm
yiliga