WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Inson resurslarini boshqarish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Inson resrslarini boshqarish ta’lim yo’nalishi
Umumiy tavsifi
Inson resurslarini boshqarish boʻyicha bakalavriat dasturi fan va ishlab chiqarishda inson omilidan samarali foydalanish muammolarini hal etishga kompleks yondashuvni ta’minlovchi iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida inson resurslarini boshqarish masalalarini o`rganishga qaratilgan. Dastur talabalarga inson resurlarini boshqarishning tashkiliy, ijtimoiy, huquqiy, axloqiy va strategik jihatlari haqida har tomonlama bilim va ko’nikmalar beradi.
Tarkib va O'quv rejasi
Dastur talabalar inson resurslarini boshqarishga oid bir qator fanlarni, jumladan, mehnat iqtisodiyoti, rekrutment, boshqaruv psixologiyasi, demografiya, mehnat migrasiyasi, menejment va tashkiliy xulq-atvorni qamrab oladi.
O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga inson resurslarini boshqarish kontekstida tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyot qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
O'quv natijalari
Dasturning o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish;
• inson resurslarini rejalashtirish va mehnat resurslari bozorini rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash va tahlil qilish;
• inson resurslarini boshqarish sohasida ijtimoiy sherikchilik mexanizmlaridan samarali foydalanish;
• inson resurslarini boshqarishning zamonaviy va samarali strategiyalarini ishlab chiqishi va amalga oshirish;
• tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida HR xizmati bo‘limalarini  tashkil etish;
• korxonalarda inson resurslarini boshqarish va nazorat qilish jarayonida ish faoliyatining sifati va miqdorini baholash;
• inson resurlari boshqarishda innovatsiyalarni joriy etish;
• mehnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarishni, boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish;
• makro va mikro darajada inson resurslarini shakllanish omillarini tahlil qilish;
• inson resurslarini safarbarligini baholash;
• xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullarini qo‘llash;
• korxonalarda inson resurslarini boshqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
• korxona va tashkilotlarda kadrlar siyosatini ishlab chiqish;
• korxona va tashkilotlarda joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholash va ular son va sifat jihatidan tahlil qilish;
• kadrlar bo‘yicha tashkilotning ichki hujjat aylanishi tizimini ishlab chiqish va boshqarish, xodimlar faoliyatining turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
• xodimlarni ishga yollash, foydalanish va ishdan bo‘shatishni shartnomaviy tartibga solishni bilishi va ulardan foydalana olish;
• korxonalarda kadrlarni ishga jalb etish va yollashdan tortib istiqbolli kadrlarni zaxirasini shakllantirishga bo‘lgan jarayonni boshqarish;
• inson resurslari balansi asosida mehnat bozoridagi talab va taklifni tahlil qilish;
• mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar xodimlari faoliyatini boshqarishni xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish;
• inson resurslarini baholashning zamonoviy usullarini hamda tamoyillarini amaliyotda qo‘llash.

Karyera imkoniyatlari
Bakalavriat dasturining bitiruvchilari inson resurslarini boshqarish bilan bog`liq turli tashkilotlar va lavozimlarda, jumladan, davlat boshqaruv organlari, turli vazirlik va idoralar hamda qo‘mitalarning kadrlarni boshqarish tizimida, iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalaridagi korxona va tashkilotlarda shuningdek, biznes va boshqaruv sohasida yetakchi maslahatchi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazlari boshqaruvchisi kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Shuningdek, bitiruvchilar xalqaro kompaniyalar, notijorat tashkilotlari va xususiy sector korxonalarida ham ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, ushbu bakalavr dasturi inson resurslarini boshqarish, mehnat iqtisodiyoti va biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talabalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon berishi mumkin.
Umuman olganda, Inson resrslarini boshqarish fanlari bakalavr dasturi talabalarni mamlakat va korxona darajasida inson resurslariga talab yuqoriligini ta’minlash, ularning umumiy va kasbiy mehnat layoqatini rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish konsepsiya va tamoyillarini chuqur tahlil etish hamda ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.

O'xshash dasturlar