WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat texnika universiteti

Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

71040201 - Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish mutaxassisligi. (magistratura)

Tavsif:
71040201 - Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish magistratura mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta'lim shakllari boʻyicha oʻqitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. “Transport xizmatlari” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik boʻlib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʻqitish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshqarmalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va vazirlik qoshidagi Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi korxonalarida, yoʻl-transport hodisalari ekspertizasi va transport baholash ekspertizasi tashkilotlarida, shuningdek sohani rivojlantirish, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.


 Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

Loyihalarni boshqarishi, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirishi, boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tahlil qilishi, loyiha jamoasini boshqarishi;

E-learning va m-learning texnologiyalari asosida korporativ oʻqitishni tashkil etishi va korporativ ma’lumotlar bazasini rivojlantirishi;

Ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqishi va ularni tatbiq qilishi;

Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirishi;

Zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqishi;

Atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish;

Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;

Ijrochilar va ilmiy-tadqiqot jamoasi ishini rejalashtirish, tashkil qilish va informatsion masalalarini yechish va boshqarish;

Fikrlar har xil boʻlgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;

Qabul qilinayotgan qarorlarni miqdoriy va sifat boʻyicha baholash, ilmiy yutuqlarni qoʻllay olish;

Xalqaro tajribalarga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;

Kasbiy etika kodeksiga rioya qilish;

Harakat xavfsizligini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni tuzishi, ularning harakati boʻyicha yangi loyihalar kiritish va tatbiq qilishi;

Harakat xavfsizligi xizmati faoliyatini samarali boshqarishi;

Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalaridan samarali foydalanishi;

Harakat xavfsizligini tashkil etishning optimal sxemalarini ishlab chiqishi va tahlil qilish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarni qoʻllashda ishtirok etishi;

Yoʻl-transport hodisalarini oldini olish ishlarini tashkil etishi va uning amaliy masalalarini yechish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;

Texnologik jarayonlar va ularning elementlari boʻyicha sinovlar oʻtkazish;

Informatsion xizmat koʻrsatish;

Mehnatni tashkil qilish, metrologik ta’minot va texnik nazorat qilish;

Zamonaviy texnik vositalardan foydalanib zaruriy loyihalarni bajarish;

Kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi jarayonida hosil boʻladigan yangi masalalarga tez moslashish uchun olingan nazariy bilimlarni qoʻllay olish, zarur hollarda tezkor qarorlar qabul qilish;

Ma'lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va tizimlashtirish;

Axborot texnologiyalari uchun algoritmlarni ishlab chiqish va tadqiq etish;

Tizimli va amaliy dasturiy ta’minot mahsulotlarini, dasturlar majmuasini, algoritmik va dasturlash tillarini oʻrganish.

71040201-Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish mutaxassisligi bitiruvchilari professional ta'lim muassasalarida, ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini oʻqitish boʻyicha pedagogik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.

loyiha-tahliliy:

Harakat xavfsizligini ta'minlash ishlarini tashkil etish loyihasini ishlab chiqishi;

Bajarilayotgan tajriba-tashkiliy va amaliy ishlar mavzusi boʻyicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqishi va tadqiqot qilishi;

Namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi va ularni qoʻllashi;

Xalqaro tajribalarga muvofiq harakat xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

Bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi boʻyicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish;

Ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning xalqaro tajribalarga muvofiq instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;

Loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish.

ilmiy-tadqiqot:

Ilmiy, amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish;

Ilmiy maqolalar, ma'ruzalar, risola, oʻquv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, oʻtkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi boʻyicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish;

Ilmiy adabiyotlar va internet tarmogʻida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yoʻnalgan holda qidirish va topish;

Ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, oʻtkazish hamda faol ishtirok etish;

Mos mutaxassislik mavzusi boʻyicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;

Oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi boʻyicha pedagogik va oʻquv-uslubiy faoliyat yuritish;

Oʻquv jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, oʻqitishning texnik vositalaridan foydalanib oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;

Elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va oʻquv-metodik majmualarni mukammal oʻzlashtirish;

Pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.

 

Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatida:

Ilmiy va loyihaviy-konstruktorlik-texnologik faoliyat muammolarini chuqur tahlil qilish, masalalarni qoʻyish va asoslash;

Harakat xavfsizligini ta'minlash qurilmalari va vositalariga xizmat koʻrsatish va xavfsizlikni ta'minlash boʻyicha amaliy masalalarini yechish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;

Transport harakatni tashkil etish tizimlari ishlarini samarali boshqarishda yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish va mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy masalalarini yechish uchun xalqaro tajribalarga muvofiq yangi texnologiyalarni ishlab chiqish.

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz kunduzgi yoʻnalishda 4 semestir (2 yil) davomida jami: 120 kredit toʻplashingiz zarur boʻladi.

Jami auditoriya soati: 1800 soat.

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash: 900 soat.

Ilmiy-pedagogik ish: 600 soat.

Ilmiy amaliyot (tajriba ortitish): 300 soat.

Jami 3600 soatni tashkil qiladi.

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1 – 3

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash Davlat attestasiyasi

Ilmiy amaliyot (tajriba ortitish)

5

2-4

Attestatsiya

9

1 – 3

Ilmiy-pedagogik ish  desertasiya himoyasi

29

2-4

Ta’tillar

25

1 – 5

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,2

Jami

100

   

Qoʻshimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Magistrlar tayyorlashda ilmiy amaliyot 2 va 4-semestrlarda oʻtkaziladi. Bunda soha boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish; fan, soha hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish; sohaga tegishli amaliy, kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish; kasbga samarali moslashuv imkoniyatlarini ta'minlashi lozim. Bunda tajriba ilmiy amaliyotga yuborilgan magistratura talabasi oʻquv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarilishi koʻzda tutiladi.
  • Magistrlar bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar