WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Geografiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Kasbiy faoliyatining sohalari:

-Fan sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'lib, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim tashkilotlarida ta'lim yoʻnalishiga oid fanlarni oʻqitish;

-Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o'rta, o'rta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat tashkilotlarida kompleks masalalar bilan bogʻlik kasbiy sohalar;

-Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim tashkilotsini boshqarish;

-Umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim tashkilotlari, oliy ta'limda laborant, kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:

-Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim davlat va nodavlat tashkilotlari; maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralar;

-Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari; davlat boshqaruv organlari;

-Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari;

-Tabiiy resurslarni baholash, davlat kadastrlarini yuritish va ulardan foydalanish tashkilotlari;

-Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar;

-Rekreatsiya va turizmni rivojlantirishga yo'naltirilgan tashkilotlar;

-Geoaxborot tizimlari va geofazoviy tahlil, kartografiya sohalari bilan bogʻliq ilmiy tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlar;

-Hududlarni kompleks tahlil qilish, rivojlantirish hamda tabiatdan foydalanish reja va loyihalarni ishlab chiqish tashkilotlari;

-Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari.

O'xshash dasturlar