WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Central asian university

Davolash ishi

Bakalavr Kunduzgi 6 yil

Dastur haqida

DASTUR TA’RIFI

Central Asian University (CAU) tibbiyot maktabini 2019-yilda tashkil etgan.
Talabalar tibbiyot maktabida o‘qishni boshlashdan oldin 2 yillik Pre-Medical School (tayyorlov bosqichi)ni tamomlashlari kerak.
Dastur har yili 2 semestrdan iborat bo‘lib, jami 12 semestrdan tashkil topgan.
Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
Bitiruvchilar oliy ta’lim diplomiga ega bo‘ladilar.


DASTUR MAZUNI

Kurslar amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriyalar bilan boyitilgan bo‘lib, talabalar individual mentorlik yordamidan foydalanadilar.

  • Biofizika

  • Kimyo

  • Biologiya

  • Matematika: amaliy chiziqli algebra, analiz, statistika

  • Ingliz tili: yozma ingliz tili, o‘qish, og‘zaki nutq


KARYERA IMKONIYATLARI

Central Asian University Tibbiyot maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat olib borishlari, davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarida shifokor sifatida ishlashlari mumkin.
Shuningdek, ular ilmiy tadqiqotchi sifatida ham faoliyat yuritishlari mumkin.

 

O‘qish to‘lovi

Universitetdagi o‘qish to‘lovi ta’lim jarayoni, imtihonlar va bitiruv marosimlari xarajatlarini qamrab oladi.
To‘lov har semestr uchun amalga oshiriladi va uni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.
Yiliga 11 000 AQSH dollari — xalqaro talabalar uchun.
So‘mlarda ko‘rsatilgan narx 2025-yil 16-iyul kungi valyuta kursiga asoslanib hisoblangan.

O'xshash dasturlar