“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti
Umumta'lim dasturi (Foundation Programme)
Dastur haqida
Xalqaro ta'lim dasturi (IFP) — bu talabalar va ta'lim muassasalariga xalqaro darajadagi ta'lim va standartlarni taqdim etish hamda talabalarga dunyoning turli mamlakatlaridagi oliy ta'lim muassasalarida o'qishni davom ettirish uchun tan olinish va kirish imkoniyatini berish maqsadida ishlab chiqilgan ta'lim va akademik tashabbusdir.
Xalqaro diplom (OTHM Level 3 Foundation Diploma for Higher Education Studies) xalqaro miqyosda tan olingan bo'lib, O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishlariga, shu jumladan Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy mamlakatlar universitetlarida ingliz tilida o'qitiladigan dasturlarga kirish uchun kvalifikatsiya olishni istagan talabalar uchun mo'ljallangan ta'lim dasturidir.
OTHM haqida ma'lumot https://othm.org.uk/ havolasida mavjud.