WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fan/modul kodi

AT105

O‘quv yili

 

Semestr

 

ECTS - Kreditlar

5

Fan/modul turi

Majburiy

Ta’lim tili

O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari

4

 

1.

 

 

 

 

Fanning nomi

 

Auditoriya

mashg‘ulotlari

(soat)

Mustaqil

ta’lim (soat)

Jami

yuklama

(soat)

Amaliy tilshunoslik

(Roman-german tillari)

60

90

150

2.

I. Fanning mazmuni

  Fanni  o‘qitishdan maqsad  – “Аmaliy tilshunoslik (Roman-german tillari)” fani 60111800 – “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yoʻnalishida amaliy lingvistikaning asosiy tushunchalarini o‘rganish, yo‘nalishlari va vazifalarini tadqiq etish, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishida nazariy tilshunoslik imkoniyatlarini amaliyotga tadbiq etish masalalari yuzasidan bahs qiluvchi amaliy lingvistika muammolari haqida bilim olishlariga erishish.

   Fanning asosiy vazifasi talaba amaliy lingvistikaga oid tushunchalarni to‘g‘ri farqlash, fanga oid maxsus topshiriqlarni bajara olish, tahlil qilish tajribasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – Talabalarga tilshunoslikga doir amaliy mashg’ulotlarida o‘zlashtirilgan barcha mavzular bo‘yicha mashqlar bajarish, ingliz tilidagi amaliy bilim,malaka va ko‘nikmalarni CEFR talablari bo‘yicha B1 darajasiga ega bo‘lish rasmiy, norasmiy, yarim rasmiy xat turlarini yozish, insonni, joy, shahar, jismni, festival, ko‘rsatma yo‘llanmalarni, marosimlarni yozma tasvirlash, inshoning ijobiy va salbiy taraflarini tahlil qiluvchi, muammoni echimini beruvchi, shaxsiy fikrni ifodalovchi turlarini yozish kabi vazifalarni o‘rgatishdan iborat.

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

Ushbu fandan ma’ruza mashg‘ulotlari rejalashtirilmagan

 Amaliy mashg‘ulotlar

II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu. Kirish.

Tilshunoslik fani – til haqidagi fan sifatida. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular orasidagi o‘rni

2-mavzu. Tillarning tarixiy rivojlanishi.

Tilning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar. Til va sheva. Til – tabiiy tilning belgilar tizimi sifatida. Til           tizimi va uning tuzilishi.

3-mavzu. Fonetika.

Til tovushlarini o‘rganishning akustik aspekti. Nutq tovushlarining tasnifi. Fonologiya. Fonema haqida tushuncha.                                      Fonemaning vazifasi

4-mavzu. Yozuv.

Alfavit, grafika va orfografiya. Transkripsiya va translieratisiya

5-mavzu. Leksikologiya.

So‘z til birligi sifatida. So‘zning leksik ma’nosi. Etimologiya.

6-mavzu. Grammatika.

Morfologiya. Morfema – fonema va leksema o‘rtasidagi  munosabat.

7-mavzu. Sintaksis.

Sintaktik konstruksiyalar. Gap. Til tipologiyasi. Tillarning tipologik tasnifi.

8-mavzu. Til universaliyalari.

Til universaliyalari turlari. Mutloq va statistik universaliyalar. Tildagi o‘zgarishlar. Tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod.

9-mavzu. Tillarning hududiy jihatdan bir-biriga ta’siri (Areal tilshunoslik).

Tillarning o‘xshashligida genetik, areal va tipologik sabablar. Til tiplarining o‘zaro ta’siri: areal va ijtimoiy ta’sir.

10-mavzu. Tillarning genetik qarindoshligi.

Bobotil tushunchasi. Til oilalari.Terminshunoslik va terminologiya. Til oʼqitish nazariyasi va metodikasi

III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy  mashg‘ulotlar davomida talabalar yakka holda, juftlakda va kichik guruhlarga ishlaydilar. O‘qitish metodikasi amaliy vazifalar, dolzarb maqolalar muhokamasi, turli janrdagi matnlarni tahlil qilish, internet matnlari bilan ishlash, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini baholovchi testlar va mustaqil o‘qishga yo‘naltirilishi lozim.  Amaliy  mashg‘ulotlar zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda badiiy matn tahlili fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi

            - darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari hamda mavzularni o‘rganish;

            - tarqatma materiallar ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

            - maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;

            - talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;

            - faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalanadigan o‘quv mashg‘ulotlari;

            - masofaviy ta’lim.

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

  1. Amaliy lingvistika fani tilshunoslikning yangi sohasi sifatida
  2. Nazariy va amaliy tilshunoslikning tadqiqot obyekti va maqsadi
  3. Chet tilini o‘rgatishda kompyuter lingvistikasining ahamiyati
  4. Writing an example of a formal letter
  5. Writing an example of a semi-informal letter
  6. Komyuter leksikografiyasi
  7. Tezaurus va chastotali lug‘atlarning o‘ziga xos jihatlari
  8. Mashina tarjimasi amaliy tilshunoslikda tutgan o‘rni
  9. Tabiiy va sun’iy tillar asosida olib borilgan tadqiqotlar
  10. Axborot qidiruv tizim nazariyasi
  11. Kompyuter tarjimada qo‘llaniladigan dasturlar
  12. Semiotika va informatsiya nazariyasida  tilning kod sifatidagi talqini
  13. Algoritm tushunchasi
  14. Korpus lingvistikasi masalalari
  15. Milliy korpus va uning ahamiyati

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Talaba bilishi kerak:

     -Amaliy tilshunoslik (Roman-german tillari) fanini o‘zlashtirish natijasida talaba chet tilini Umum Evropa standartlariga ko‘ra C1 darajada o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan chet tilida gapirish ko‘nikmalar; gapirish ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan bir qatorda transverbal  ko‘nikmalar; badiiy matn tahlilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilish uchun zarur bo‘ladigan bilim va  ko‘nikmalarni badiiy matn tahlili darslarida zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanishi; zamonaviy talablar asosida darslarni samarali tashkil etish yo‘llarini; ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini, egallagan bilimlardan kasbiy va ilmiy faoliyatda unumli foydalanish bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim)

    -Fanni o‘qitishda qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi; badiiy matn tahlili fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash; mashg‘ulotlarda ta’lim resurslaridan samarali foydalanish; o‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o‘quvchilarga yetkazishni bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma)

    -Badiiy matn tahlili fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari, electron plakatlar, tarqatma materiallar, electron darsliklar va qo‘llanmalar, internet ma’lumotlari, lokal tarmoqdagi turli o‘quv, ilmiy bilimni nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar jamlanmasidan foydalaniladi. Mustaqil ta’lim, aqliy hujum, vaziyatli masalalarni yechish, diskussiya, rolli o‘yinlar, referatlar yozish kabi pedagogic usullar bilan fanning o‘qitilishi amalga oshiriladi va o‘quvchilarni baholay olish to‘g‘risida malakalarga ega bo‘lishi kabi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka)

4.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

-loyiha ishlari;

-interfaol keys-stadilar;

-seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar) taqdimotlarni qilish;

-individual loyihalar;

-jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

5.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil mushohada yuritish, joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha variantlar asosida yozma topshiriqlarni bajarishi zarur.

O‘rganilayotgan xorijiy tilni til o‘rganishning gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha rivojlantirish, Yevropa kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR)  bo‘yicha chet tilini bosqichma-bosqich B1 dan C1 darajagacha egallash, chet tilida erkin muloqotga kirishish, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun berilgan vazifa va topshiriqlarni plagiatga yo‘l qo‘ymasdan bajarish hamda o‘z vaqtida topshirish.

6.

VIII. Asosiy adabiyotlar:

  1. Robert Di Yanni, Literature, Reading Fiction, Poetry, Drama, and the Essay. McGRAW –Hill publishing company, New York St. Louis.

Copyright 1990. 1986 by McGRAW-Hill,Inc.

  1. Celena Kusch, Literary analysis the basics. New York, NY 10017, 2016
  2. Mays, Kelly J. The Norton Introduction to Literature: Portable Eleventh Edition. Norton & Company, 2013
  3. Chopin, Kate The Awakening. Ed. Margo Culley Norton, 1994
  4. Virginia Evans. Successful writing. Upper-intermediate Express publishing, 2000
  5. Moraig Macgillivray, Tonia Peters Reading for the real world II Compass publishing,2009

 

IX. Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Mirziyoyеv Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik   –   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik    qoidasi    bo‘lishi kеrak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyеv. – Toshkеnt: O‘zbеkiston, 2017. – 104 b.
  2. Mirziyoyеv Shavkat Miromonovich. Buyuk kеlajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi, viloyatlar va Toshkеnt shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoyеv. – Toshkеnt: “O‘zbеkiston”, 2017. – 488 b.
  3. Mirziyoyеv Shavkat Miromonovich. Yangi O‘zbеkiston stratеgiyasi.-Toshkеnt, 2021. -458 b.
  4. Nesibe Sevgi Ondes. ELS English through reading
  5. Linda Butler. Longman Academic Writing Series, Sentences to paragraphs
  6. Mosbask Gerald, Mosbask Vivienne. Practical faster reading
  7. Palmer Graham. Writing extra
  8. Driscoll Liz. Realreading extra
  9. Driscoll Liz. Realreading I
  10. Palmer Graham. Real writing I
  11. Chin Peter, Koizumi Yusa, Reid Samuel, Wrey Sean, Yamazaki Yoko. Academic writing skills

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni

  1. O‘zbеkiston rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida. (O‘zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70- modda)
  2. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 - yil 6 – noyabrdagi "O‘zbеkistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim - tarbiya va ilm - fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida " gi PF - 6108 - son farmoni.

Axborot manbalari

  1. www.tdpu.uz
  2. www.shdpi.uz
  3. www.pedagog.uz
  4. www.edu.uz
  5. www.natlib.uz(A.Navoiy nomidagi O‘z.MK)
  6. www.educationuk.org
  7. www.learnenglish.org.uk
  8. www.tesol.org
  9. www.tefl.com
  10. www.teachertrainingvideos.com
  11. www.bbc.co\worldservice\learingenglish

12.www.better-english.com\exerciselist.html

7.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan ishlab chiqilgan va institut Kengashining 2023 yil “___” _____________dagi qarori bilan tasdiqlangan

8.

Fan/modul uchun mas’ullar va dastur mualliflari:

  1. Z.Allayarova – ShDPI “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri, Phd
  2. M.O.Abdurahmonov – ShDPI “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
  3. G.T.Temirova – ShDPI “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi

9.

Taqrizchilar:

  1. M.K.Omonova – QarDU “Lingvistika” kafedrasi mudiri, PhD
  2. A.Y.Maxmudov – QarDU “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, PhD

O'xshash dasturlar