WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Umumiy tavsif

60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi.

Kunduzgi bakalavriat dasturining me'yoriy davomiyligi 4 yilni tashkil etadi.

O‘qitish metodikasi

Dastur faol ta'lim usullariga asoslangan. Umumiy kreditlar hajmining 40 % nazariy ta'limga, 60 % esa mustaqil ta'limga ajratilgan bo‘lib, bu talabalarga bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash imkonini beradi.

Ingliz tili bo‘yicha talablar

Abituriyent quyidagi usullardan biri orqali ingliz tilini bilishini tasdiqlashi lozim:

  • IELTS — 4.5 va undan yuqori
  • TOEFL — ___ va undan yuqori
  • CEFR — B2 daraja
  • BMBA (DTM) imtihoni natijasi — 50 va undan yuqori (agar yuqoridagi sertifikatlar mavjud bo‘lmasa)
  • Institutning ichki ingliz tili imtihonidan kamida 60 ball (agar yuqoridagi sertifikatlar mavjud bo‘lmasa)

Matematika bo‘yicha talablar

Abituriyent matematika fanini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlashi lozim:

  • BMBA (DTM) imtihoni natijasi — 50 va undan yuqori
  • Institutning ichki matematika imtihonidan kamida 60 ball (agar BMBA sertifikati mavjud bo‘lmasa)

Kasbiy faoliyat

Moliya va moliyaviy texnologiyalar dasturi talabalarga zamonaviy moliya tizimlari, investitsiyalar, bank ishi va raqamli to‘lov texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beradi.

Dastur blokcheyn, kriptovalyutalar, katta ma'lumotlar (Big Data) tahlili va fintex startaplari kabi innovatsion yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Bitiruvchilar banklar, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari va texnologik korporatsiyalarda yuqori talabga ega mutaxassislar hisoblanadi.

O'xshash dasturlar