Dastur haqida
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz, hozirgi kunda turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlari, moliya, kredit vа sug'urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta'lim, o‘rta mахsus vа oliy ta'lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o'z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari vа uslublari bilan bog'liq kompleks masalalarni hal qilishda “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi orqali bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Kelajakda yuqori manfaat keltiruvchi kasblaridan biri bo‘lgan “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi bugungi kunda eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Siz 4 yil davomida “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zamonaviy bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir (4 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6300 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
Bitiruv malakaviy ishi yoki yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
112 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki DAK imtixoni |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
6, 8 |
|
|
Attestatsiya |
18 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
6 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
52 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
7 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Mutaxassislik fanlari sillabuslarini ishlab chiqishda va tanlov fanlariga o’zgartirishlar kiritilishida kadrlar buyurtmachilarining talablari e’tiborga olinadi.
- Amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshiriladi.
- Ochiq tanlov fani universitet kengashi tomonidan tasdiqlangan fanlar ro’yxati asosida shakllantiriladi.
- O’quv rejasiga kiritiladigan mutaxassislikka oid fanlarning amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlari ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash universitet kredit-modul tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga