WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Iqtisodiyotmagistratura mutaxassisligi zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Mehnat bozorida global ozgarishlar, raqamli iqtisodiyot va investitsiya jarayonlarining kengayishi bunday kadrlar ehtiyojini oshirmoqda. Dasturda talabalar iqtisodiy tahlil, strategik rejalashtirish, moliya va investitsiyalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar kabi dolzarb yonalishlarda bilim va amaliy konikmalarni egallaydilar. Ushbu tayyorgarlik ularga davlat boshqaruvi, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorning yuqori lavozimlarida samarali ishlash imkonini beradi. 

Oʼquv dastur maqsadi

Iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

Natija

2 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar iqtisodchi diplomiga ega boʻladilar.

Magistratura davrining oʻquv dasturi:

1-kursda magistrantlar asosan umumkasbiy va mutaxassislik fanlar  (Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi, Mikroiqtisodiyot-2, Makroiqtisodiyot-2, Ekonometrika-2, Ishlab chiqarishni tashkil etish,   va tanlov fanlari) oqitiladi.

2-kursda talabalar mutaxassislikka oid tanlov fanlarini o’rganishadi.

Shuningdek, magistrantlar 1-2-kurslar davomida “Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti” hamda “Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash” bo’yicha tegishli vazifalarni bajarishadi.

Iqtisodiyot mutaxassisligi boʼyicha magistr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

Davlat boshqaruvi organlari

Bank-moliya sektori

Soliq va bojxona tizimi

Sug‘urta kompaniyalari

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari

Konsalting va analitik kompaniyalarda

Birja va brokerlik kompaniyalarida

Xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlar

Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari

Tadbirkorlik faoliyati

Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin

O'xshash dasturlar