Dastur haqida
“Buxgalteriya hisobi” taʼlim yo‘nalishi “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u Davlat hokimiyati vа boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar faoliyatining barcha shakllari, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy va moliyaviy masalalar yechimlarini, ya’ni likvidlilik va to‘lov qobiliyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
“Buxgalteriya hisobi” taʼlim yoʼnalishi iqtisodiyotning eng nufuzli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda bu yo‘nalish bo‘yicha kadrlar ko‘p yillar mobaynida tayyorlab kelinadi.
O‘quv dastur maqsadi
Talabalarda ta’lim yo‘nalishi ixtisoslik fanlаrini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma vа o‘quvlarni shakllantirishi; ta’lim yo‘nalishiga muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muаmmоlаr va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tаsаvvur hosil qilish.
Natija
4 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar “Buxgalter-iqtisodchi” bakalavr diplomiga ega boʻladilar.
Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 50 ga yaqin mutaxassisliklar boʻyicha davom ettirishlari mumkin.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-kursda talabalarga asosan umumkasbiy fanlar (Amaliy matematika, Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlari, Xorijiy til, Dinshunoslik, Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik va b.) o‘qitiladi.
2-4-kurslarda talabalar asosan mutaxassislikka oid majburiy va tanlov fanlarini (Falsafa, Statistika, Mikroiqtisodiyot, Biznes huquqi, Buxgalteriya hisobi, Boshqaruv hisobi, Soliqlar va soliqqa tortish, Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy hisob, Audit, Moliyaviy hisobot va b.) o‘rganishadi.
Shuningdek, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviyligini o‘rganish maqsadida malakaviy amaliyotga chiqariladi.
“Buxgalteriya hisobi” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin 400 000 – “Biznes, boshqaruv va huquq” bilim sоhasining 410 000 – “Biznes va boshqaruv” ta’lim sоhasidagi barcha magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturada ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga