WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

1991 yili Toshkent arxitektura qurilish instituti tashkil etilgach ushbu kafedra “Iqtisodiyot va menejment” deb nomlandi. 1983-2004 yillar mobaynida iqtisod fanlari doktori, professor M.Q. Ziyayev kafedraga rahbarlik qildi. 2002 yil 12 iyuldagi TAQI rektorining 144-sonli buyrug’i bilan "Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi ikkita yangi "Qurilishda iqtisodiyot” va "Menejment” kafedralari tashkil etildi. 2010 yil oktabrdan TAQI Ilmiy kengashi Qaroriga asosan kafedra "Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” nomi bilan faoliyat yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8- noyabrdagi PQ-416-son qaroriga muvofiq 2024 - yildan “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritmoqda. Kafedra mudiri Axmedova Nilufar Shuxratovna.

Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 62,5 foizni tashkil etadi. Kafedrada xozirgi kunda jami 16 nafar professor-o‘qutuvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 3 nafar professor, 5 nafar dotsent, 3 nafar dotsent v.b, 3 nafar katta o’qituvchi va 2 nafar assistent. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha Iqtisodiyot (qurilish), “Qiymat injiniringi va ko’chmas mulk ekspertizasi” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Hozirgi kunda kafedrada 60310100-“Iqtisodiyot” hamda 60730700-“Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish” talim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, 70310100-“Iqtisodiyot” hamda 70730700-“Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Kafedra jamoasi universitetda o’qitilayotgan talabalarga 45 ta dan ortiq fanlardan talim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayonini zamonaviy darslik va o’quv adabiyotlari bilan taminlash borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. So’nggi uch yilda fanlardan 15 ta darslik, 30 dan ortiq o’quv qo’llanmalar 7 ta monografiyalar nashr etildi. 45 ta fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib o’quv jarayoniga joriy qilindi va  elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

Kafedra olimlari O’zbеkistоndа ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda bahоni shakllantirish, ko’chmas mulkni bahоlashning uslubiy asоslarini takоmillashtirish hamda qurilishda qiymatini tаshkiliy-iqtisоdiy munosabatlarni takomillashtirish mаvzulаrida ilmiy-tаdqiqоt ishlari olib bormoqdalar.

Kafedrada ishlab chqarish bilan innovatsion korparativ hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har yili 20 dan ortiq qurilish tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy hajmdor ishlar bajarib kelinmoqda. 

Kafedraning iqtidorli talabalari Iqtisodiyot nazariyasi, Buxgalteriya, Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot fanlaridan   muntazam ravishda o’tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida muvoffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra faoliyati davomida kafedra olimlari O’zbеkistоndа ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda bahоni shakllantirish, ko’chmas mulkni bahоlashning uslubiy asоslarini takоmillashtirish hamda qurilishda qiymatini tаshkiliy-iqtisоdiy munosabatlarni takomillashtirish mаvzulаrida ilmiy-tаdqiqоt ishlari olib bormoqdalar

O'xshash dasturlar