WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiy xavfsizlik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo’nalishi
Umumiy tavsifi

60310100 – Iqtisodiy xavfsizlik bakalavriat dasturi jamiyat, davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub'ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash usullari, tamoyillari, amaliyoti va mexanizmlarini o’rganishga qaratilgan. Dastur talabalarga makro-, mezo- va mikro darajalarda  iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik darajalarini baholash va ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish haqida har tomonlama bilim va ko’nikmalar beradi.
Tarkib va O'quv rejasi
Dastur talabalar iqtisodiy xavfsizlikka oid bir qator fanlarni, jumladan, iqtisodiy xavfsizlik, biznes razvedka, xavfsizlik va texnologiya, muhofazani boshqarish, risklar tahlili, oziq-ovqat xavfsizligi, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini qamrab oladi. Talabalar makro-, mezo- va mikro darajalarda  iqtisodiy xavfsizlikni baholash hamda ta’minlash haqida tushunchaga ega bo'ladilar.
O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga iqtisodiy xavfsizlik sohasida tanqidiy fikrlash, muammolarni tezkor hal qilish va samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish korxona va tashkilotlarda stajirovkadan hamda malakaviy amaliyot o’tish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
O'quv natijalari
Dasturning o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• makro-, mezo- va mikro darajalarda  iqtisodiy xavfsizlik darajalarini baholash va ta`minlashga qaratilgan strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• z• zamonaviy axborot texnologiyalari asosida moliyaviy-iqtisodiy tahlil va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish;
• iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi uchun zarur bulgan birlamchi va ikkilamchi ma'lumotlarni yig`ish, saralash va tahlil qilish, ma’lumotlar bazasini yuritish ko'nikmalariga ega bo`lish;
• moliyaviy operasiyalar monitoringini olib borish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish haqida keng qamrovli tushunchani shakllantirish;
• biznes tuzilmalarda biznes razvedkasi faoliyatini belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirish tartibini tushunish;
• davlat va mahalliy tashkilotlar, korxonalarda komplayens-nazorat tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini baholash bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish;
• xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy hisobotlarini shakllantirishda moliyaviy buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va standartlarini, boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida xarajatlarni boshqarish va oqilona qarorlarni qabul qilish;
• Iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlikni ta`minlash amaliyotidagi muammolar va dilemmalarni hal qilish uchun tanqidiy fikrlash va muammolarni tezkor hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.
• Faoliyat yuritayotgan korxonalarning xayotiylik davrini uzaytirish va korxonaning raqobat ustunligini ta`minlash uchun biznes rejalashtirish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Karyera imkoniyatlari
Bakalavriat dasturining bitiruvchilari makro-, mezo- va mikro darajalarda iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‘liq turli soha va lavozimlarda, jumladan, riskolog, risk menejeri, komplayens bo‘yicha mutaxassis (iqtisodchi), biznes-analitik, moliyaviy razvedkachi, sud-iqtisodiy ekspertiza mutaxassisi va huquqni muhofaza qilish organlarida tezkor xodim lavozimlari faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar davlat idoralari, biznes tuzilmalari va notijorat tashkilotlarda ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, ushbu bakalavr dasturi iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talabalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon berishi mumkin.
Umuman olganda, Iqtisodiy xavfsizlik fanlari bakalavr dasturi talabalarni turli darajalarda iqtisodiy xavfsizlikni baholash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini aniqlash, risklani aniqlash va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma bilan ta’minlaydi.

 

O'xshash dasturlar