WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Ekonometrika

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Ekonometrika mutaxassisligi
Umumiy tavsifi

Mutaxassislik  tavsifi:
70310201 –Ekonometrika mutaxassisligi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ekonometrik modellashtirishda, modelga kiruvchi o‘zgaruvchilar bo‘yicha tavsifiy statistikalarni hisoblashda, o‘zgaruvchilarning ma’lum taqsimot qonuniga bo‘ysunishini tekshirishda, turli gipotezalarni tekshirishda, korrelyasion-regression tahlil o‘tkazishda, juft va ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish va baholashda, vaqtli qatorlarni zarur testlarga tekshirishda, tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarni baholashda, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash kabi masalalarda zamonaviy amaliy ekonometrik dasturlardan foydalanish masalalarini qamrab oladi.
Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
a) ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
c) tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
d) tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishda iqtisodiy tamoyillarni qo‘llash;
e) bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
f) loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hamda ularni sharhlash;
g) tarmoqlar va sohalar bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni va tahliliy ishlarni bajarish;

 

O'xshash dasturlar