Dastur haqida
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
60310200 – Ekonometrika – iqtisodiyot sohasidagi yo’nalish bo‘lib, talabalarda bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o‘rgatishdan, o‘rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va ekonometrik usullarni qo‘llashni, iqtisodiy dinamikani o‘rganishda turli xil funksiyalar, ekonometrik modellarni kompyuter dasturlari yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi masalalarni qamrab olgan Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
a) ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish;
b) pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
c) ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
d) tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
e) tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishda iqtisodiy tamoyillarni qo‘llash;
f) bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
g) loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hamda ularni sharhlash;
h) tarmoqlar va sohalar bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni va tahliliy ishlarni bajarish;
(a) tarmoqlar va sohalar bo‘yicha moliyaviy, iqtisodiy, strategik rejalarni ishlab chiqish, iqtisodiy sohada yechilayotgan ilmiy muammolarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
- loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha kasbiy bilim va ko'nikmalarga ega bo‘ladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga