Dastur haqida
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi biznes jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish, elektron biznes va elektron tijorat texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassisiga aylaning.
Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi 2 yillik kunduzgi taʼlim dasturi bo‘lib, unda iqtisodiyot tarmoqlaridagi biznes jarayonlarni modellashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish, elektron biznes va elektron tijorat texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.
Taʼlim dasturi raqamli mahsulotlar, raqamli jarayonlar va xizmatlar, biznes modellari va monetizatsiyani nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyotning keng imkoniyatlari haqida yangi bilim va malakalarni egallash imkonini beradi.
Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:
- Elektron biznes asoslarini tashkil etish, elektron tijorat va marketing texnologiyalarini joriy etish va boshqarish, moliyaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarni egallash;
- Biznes jarayonlarni modellashtirish, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini loyihalash va ishlab chiqish hamda sunʼiy intellekt tizimlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tushunchalarni olish;
- Mustaqil ravishda muammolarni o‘rganish, tadqiqotlar olib borish, loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va boshqarishni amaliy bajarish.
Raqamli iqtisodiyotni o‘rganishning 5 sababi:
- Rivojlanib borayotgan raqamli bozor talablarini bilish
- Raqamli transformatsiyani jarayonini chuqur tushunish
- Anʼanaviy va elektron savdolar tuzilmalarini o‘rganish
- Kriptoiqtisodiyot bo‘yicha global tadqiqot lideri bo‘lish
- Raqamli kompaniyalar va raqamli biznes modellarini amalga oshiruvchi anʼanaviy kompaniyalarda boshqaruv funksiyalarini bajarish
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Biznes boshqaruvi (MBA)
103 518 750 so'm
yiliga
Amerika texnologiyalar universiteti
MBA (Biznes boshqaruvi magistri)
71 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Logistika
15 160 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Korporativ boshqaruv
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Marketing
15 160 000 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Menejment
25 000 000 so'm
yiliga