WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali

Stomatologiya

Bakalavr Kunduzgi 5 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

KFUda "Stomatologiya" yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchi shifokor-stomatolog malakasiga ega bo‘ladi hamda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini tashxislash, oldini olish va davolash bo‘yicha zamonaviy nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.

Bitiruvchilar davlat va xususiy stomatologiya klinikalarida, ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida hamda stomatologiya kabinetlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Shuningdek, klinik ordinatura (rezidentura)da o‘qishni davom ettirib, stomatolog-terapevt, jarroh-stomatolog, ortodont, ortoped-stomatolog yoki bolalar stomatologi kabi tor mutaxassislikni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shifokor-stomatolog kasbi yuqori mas'uliyat, mehnat bozorida talab yuqoriligi hamda O‘zbekiston va xorijda keng kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi.

O'xshash dasturlar