WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

Biznesni boshqarish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Biznes boshqaruvi – Menejment

Tavsif:

Ushbu magistrlik dasturi orqali siz zamonaviy menejment va biznes yuritish tamoyillarini chuqur o‘rganasiz. Ta’lim jarayoni strategik boshqaruv, moliyaviy tahlil, marketing, inson resurslari boshqaruvi va xalqaro biznesni o‘z ichiga oladi.

2 yil davomida siz yetakchilik, qaror qabul qilish, innovatsion fikrlash va global bozor muhitida faoliyat yuritish kabi menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirasiz. Darslar amaliy misollar, case-study va loyihalar asosida olib boriladi.

Mazkur yo‘nalish hozirgi tez o‘zgarayotgan iqtisodiy muhitda raqobatbardosh, strategik qarorlar qabul qila oladigan va samarali boshqaruvni amalga oshira oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Bu dastur o‘z kasbiy faoliyatini keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lgan, xalqaro biznes olamida faoliyat yuritishni maqsad qilgan mutaxassislar uchun a’lo tanlovdir.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Umumiy topshiriqlar hajmi: 3600 soat

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 300 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 900 soatni tashkil etadi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini

himoya qilish

Ilmiy amaliyot

5

1– 4

Attestatsiya

9

1 – 3

Davlat attestatsiya

5

4

Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

10

1 – 4

Kredit-modul tizimi haftaligi

5

1 – 2

Ta’til

21

1– 4

 

Jami

100

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.

  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar