WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Vatan universiteti

Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Yagona protsessor elementlaridan tortib Internet kabi yirik kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan diapozondagi kompyuter tizimlarini loyihalash, tahlil qilish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassisga aylaning

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari mutaxassisligi 2 yillik taʼlim dasturi bo‘lib, unda turli dasturlash tillaridan foydalangan kompyuter tizimlarida maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish, hisoblash jarayonlarini dasturlash va mantiqiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.

Taʼlim dasturi yagona protsessor komponentlaridan tortib Internet kabi kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan diapozondagi kompyuter tizimlarini loyihalash, tahlil qilish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassis bilimlarini olish imkoniyatini taklif etadi.

Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:

  • Dasturlash tamoyillari, hisoblashning matematik va algoritmik asoslari, axborot tizimlarini hamda maʼlumotlar bazasini loyihalash va boshqarish bo‘yicha bilim va raqamli ko‘nikmalarni egallash.
  • Bulutli hisoblash, maʼlumotlarni boshqarish, dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va mashinani o‘qitishning joriy texnologiyalari haqida keng qamrovli amaliy tushunchalarni olish.
  • Mustaqil ravishda muammolarni o‘rganish va tadqiqotlar olib borish, loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va boshqarishni amaliy bajarish.

Egallash mumkin bo‘lgan faoliyat turlari

  • Ilmiy-pedagog mutaxassis
  • Tarmoqni boshqarish mutaxassisi
  • Dasturchi va Tester mutaxassis
  • Web dasturchi mutaxassis
  • Axborot tizimlari mutaxassisi

O'xshash dasturlar