Dastur haqida
60510100 - Biologiya (Ingliz tilidagi ta'lim)
Ushbu ta'lim yo'nalishi - fan sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'lib, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida biologiya fanlarini o'qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Tarkib va o’quv reja: Biologiya sohasiga oid chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, zamonaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun nazariy masalalarni qo‘yishni, biologik, ekologik, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi soha ilmiy tekshirish birlashmalarida; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida; SSV tizimidagi laboratoriyalarida, Bojxona Qumitasi laboratoriyalarida; ishlab chiqarish korxonalarida; davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.
O‘quv natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
- biologiya fan sohasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda ilg‘or ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha faoliyat olib borish qobiliyatiga ega bo‘ladi;
- ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish, biologik jarayonlarning matematik modellarini ishlab chiqish, tajriba natijalarini qayta ishlash hisoblarining algoritmlari hamda matematik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish;
- yo‘nalishga oid respublika va xorijda chop etilgan ilmiy manbalarni o‘rganish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda, biologik tajribalarni qo‘yishda va ularni bajarishda bevosita ishtirok etish;
- tanlangan mavzu yoki topshiriq bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma'lumotlarni yig'ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma'lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
- biologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish;
- biologiya sohasiga oid chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, zamonaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun nazariy masalalarni qo‘yishni bilishi;
- biologiya laboratoriyasida mavjud asbob-uskunalarni ishlata bilish, ularni ish jarayoniga qo‘llashni bilish;
- ilmiy va ilmiy-uslubiy faoliyat turlari bo'yicha axborot-resurs kataloglarini tuzish va ulardan foydalanishni bilish.
Karyera imkoniyatlari:
Bakalavr dasturining bitiruvchilari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida biologiya, tabiiy fanlar hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha dars berishlari, ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va ularga tenglashtirilgan lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Biologiya va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda laboratoriyalarida ilmiy xodim, tadqiqotchi va muhandis sifatida ishlashlari, biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tibbiyot va boshqa sohalarda biolog, biotexnolog, muhandis-biolog, muhandis-tadqiqotchi, texnolog hamda sifat nazorati mutaxassisi sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.
Bitiruvchilar turli tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari hamda boshqa muassasalarda faoliyat yuritish, yangi biologik moddalar, biomateriallar, biologik preparatlar va innovatsion biotexnologiyalarni yaratish hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim jarayoniga oid me’yoriy hujjatlar va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy vositalardan foydalangan holda kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Kimyo muhandisligi
13 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Biologiya
—
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Ijtimoiy ta’minot
24 384 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Amaliy matematika
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Biologiya
11 710 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
17 834 925 so'm
yiliga