WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Biologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60510100-BIOLOGIYA TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta`lim y o`nalish nomi:  “Biologiya”

Ta`lim y o`nalishi tavsifi: Ushbu ta’lim dasturi orqali siz zamonaviy ilm-fan sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Umumiy biologiyaning barcha tarmoqlari bo‘yicha bilimlar bilan aloqador bo‘lgan ilmiy-tadqiqot va pedagogik ishlar majmuasini qamrab oladi. Biologiya ta’lim yo‘nalishida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida amiliyotlar tashkillangan. Ushbu ta’lim yo’nalishida amaliyotlar zamonaviy dasturlardan foydalangan holda tashkillanadi.

Siz 4 yil davomida “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 7200 soat

Malkaviy amaliyot: 840 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 240 soatni tashkil etadi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

113

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

12

2,4,6,8

Attestatsiya

16

 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

 

 

 

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi.

Ta`lim yo`nalishi uchun kreditlar taqsimoti:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

Mazkur baklavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari o‘z mutaxassiliklari bo‘yicha quyidagi ob’ektlarda faoliyat olib borishlari mumkin;

  • umumiy o‘rta, o‘rta mahsus, professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitishda,
  •  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida,
  • Davlat boshqaruv organlarida,
  • Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limni davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalari bilan bog’liq kasbiy sohalarda,
  • O‘simliklarning himoya qilish markazida,
  •  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida,
  •  Tabiiy resurslarni baholash, davlat kadastrlarini yuritish va ulardan foydalanish tashkilotlarida,
  • Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlarida,
  • Rekreatsiya va turizmini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkilotlarda,
  • Hududlarni kompleks taxlil qilish, rivojlantirish hamda tabiatdan foydalanish reja va loyihalarni ishlab chiqish tashkilotlarida,

O'xshash dasturlar