WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Guliston davlat pedagogika instituti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

3-8 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunda pedagogik amaliyot o‘tkaziladi.
3-8 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil ta’lim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini to‘ldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil ta’lim topshirig‘ini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.
2-semestrda: psixologiya, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Arxeologiya fanlari; 3-4-semetrlarda: O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Etnologiya; 5-6-7-8-semestrlarda: tarix o‘qitish metodikasi fani bilan integratsiya qilinishi kerak.
1-3 kurs talabalarining yozgi ta’til davrida avvalgi semestrlarda o‘zlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi ta’tilning birinchi haftasi ro‘yxatga olish haftaligi, keyingi to‘rt hafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.
1-kurs: 2-semestrda (o‘quv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyotlari uchun jami 4 kredit taqdim etiladi.
2-kurs: 3-4-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 4-semestrdagi (o‘quv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
3-kurs: 5-6-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun har semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 6-semestrdagi (ekskursion ishlab chiqarish) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
4-kurs: 7-8-semestrlarda har semestrga 4+2 tartibi uchun 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit taqdim etiladi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo‘yicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.

O'xshash dasturlar