Dastur haqida
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
60610700 –Sun’iy intellekt ta’lim yo‘nalishi fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fаnlаr akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, robototexnika, tibbiyot sohasilarida va tashkilotlarida, markazlarida, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va kompyuter injiniringi sohasida kompleks mаsаlаlаrni yechish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid flаnlаrni o‘qitish, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat vа nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
-sun’iy intellekt sohasi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, dastur sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
-ilmiy va amaliy faoliyatda sohaga mos tizimni rivojlantirish va ulardan foydalanish;
-axborot-kommunikatsiya tizimlarining texnik vositalari, qurilmalari, uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarini yig‘ish va axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullaridan foydalanish, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilish;
-sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish hamda bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash;
-korxonalar tashkiliy-boshqaruv faoliyatida qabul qilinadigan qarorlarni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida ishlab chiqishda hamda qarorlarni muqobil variantini tanlab olishni asoslashda ishtirok etish;
-zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
-ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatida ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va masalalarini yechish;
-sun’iy intellekt sohasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda ilg‘or ilmiy-tadqiqot natijalarni va ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etishda qatnashish;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘tkazish va darslarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Axborot tizimlarini boshqarish
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Elektron biznes
35 356 800 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Diplomat University
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
20 000 000 so'm
yiliga