Dastur haqida
Amaliy buxgalteriya va moliya (ACCA) mutaxassislik bitiruvchilari turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega. Mazkur mutaxassislik bitiruvchisi moliyaviy hisobot, menejment hisobi, soliqqa tortish, audit, etik me’yorlar, moliyaviy boshqaruv va strategik biznes tahlili kabi yo‘nalishlarda yuqori darajadagi tayyorgarlikga ega. Shuningdek, siz muammolarni tahlil qilish, samarali muloqot qilish, mustaqil hamda jamoada ishlash, murakkab moliyaviy qarorlar qabul qilish, raqamli vositalardan foydalanish, moliyaviy axborotlarni taqdim etish va ilg‘or tahliliy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Ushbu mutaxassislik bitiruvchilari ACCA malakasini qo‘lga kiritib, xalqaro miqyosda tan olingan moliyaviy mutaxassislar sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega. Bakalavr bitiruvchilari moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilishdan tortib, kompaniyaning moliyaviy strategiyasini shakllantirishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli mas’uliyatlarni bajarishi mumkin.
Bu sohalar qatoriga quyidagilar kiradi: moliyaviy tahlilchi, auditor, soliq maslahatchisi, buxgalteriya bo‘yicha mutaxassis, ichki nazorat va risk menejeri, moliya bo‘yicha direktor (CFO), buxgalteriya dasturlari bo‘yicha maslahatchi, ACCA malakali buxgalter, bank mutaxassisi, biznes maslahatchisi
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga