WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

“Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. “Xizmat koʻrsatish” ta’lim sohasiga mansub mutaxassislik bo‘lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, Oliy ta’lim muassasalari va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid adaptiv jismoniy tarbiya va parasport muammolarini yechishga qaratilgan kompleks masalalarni hal etish, faoliyati yo‘nalishida, nozologiyaning barcha turlarida qayta tiklash tadbirlarini, shuningdek sport faoliyatiga moslashish mexanizmlarini, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakaga ega boʻlish, boshqarish qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi, shu sababdan ushbu magistratura mutaxassisligi hozirgi davrda eng zarur boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 2 yil davomida “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha koʻplab nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlasiz. Eng yangi va zarur boʻlgan fanlarni oʻzlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta koʻzlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit toʻplashingiz zarur boʻladi. Jumladan,

Jami auditoriya soati: 900 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat

Ilmiy pedagogik ish: 240 soat

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

15

4

Attestatsiyalar

9

1 – 3

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

2

1, 3

Ta’tillar

22

1 – 4

GPA koʻrsatgichini hisoblash

1

2

Davlat attestatsiyasi

6

4

Jami

100

 

Qoʻshimcha izohlar:

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.

3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.

4) Mazkur ta’lim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qoʻshimcha sport tayyorgarligi mashgʻulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.

O'xshash dasturlar