WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Buxgalteriya hisobi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Buxgalteriya hisobi (sud buxgalteriyasi) mutaxassisligi
Umumiy tavsifi

Buxgalteriya hisobi (sud buxgalteriyasi) boʻyicha magistratura dasturi sud buxgalteriya ekspertizasi  va hisobi sohasida chuqur bilim va tajribani taʼminlovchi magistratura dasturidir. Dastur magistratura talabalarini biznes subyektlari faoliyatiga va samarali boshqaruv amaliyotiga hissa qoʻshish uchun zarur boʻlgan muhim bilimlar, zarur koʻnikma va malakalar hosil qilishni ta’minlashga moʻljallangan.
Tarkib va Oʻquv rejasi
Dastur davomida magistratura talabalari buxgalteriya hisobi (sud buxgalteriyasi) faoliyatini tartibga solish, sud buxgalteriya hisobini va ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish,  sud qarori chiqqan holatlar bo‘yicha obyektlarni, aktivlarni va majburiyatlarni baholash hisobi kabi murakkab mavzularni o‘zlashtiradiklar. Ular buxgalteriya hisobining normativ-huquqiy va axloqiy  jihatlarini chuqur o‘rganadi, sud buxgalteriya hisobi va ekspertizasining oldida turgan muammolar va imkoniyatlar haqida har tomonlama tushunchaga ega bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi (sud buxgalteriyasi) bo‘yicha magistratura dasturining o‘quv rejasi nazariya masalalar va uning amaliy qo‘llanilishini birlashtiradi. Magistratura talabalari sud buxgalteriyasi masalalari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tadqiqotlar va tadqiqot loyihalarida ishtirok etadilar. Shuningdek, ular soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, stajirovkalarda qatnashish yoki sohada amaliy tajriba orttirish uchun real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oʻquv natijalari
Magistratura dasturining o‘quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• sud buxgalteriya hisobi printsiplari, sud buxgalteriya hisobi va ekspertizasi nazariyalari va amaliyotlari, shu jumladan buxgalteriya hisobining turli modellari va ularning o‘ziga xosliklarini tushunish;
• samarali nazorat, hisobdorlik va shaffoflikni ta'minlash uchun buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini tahlil qilish va baholash;
• buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va boshqa me'yoriy hujjatlarini bilish, shu jumladan odob-axloqni tartibga soluvchi va manfaatdor tomonlarning manfaatlarini himoya qiluvchi qonunchilik bazasini tushunish;
• sud buxgalteriya hisobi va ekspertizasidagi risklarni va xavflarni tanqidiy baholash va boshqarish;
• sud buxgalteriya hisobi va ekspertizasi ma'lumotlari asosida boshqaruv qarorlari qabul qilish;
• manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish va muloqot qilish, shu jumladan, sud buxgalteriya hisobining ilg‘or amaliyotini bilish va qo‘llay olish, turli manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish;
• mustaqil tadqiqot o‘tkazish, empirik dalillarni baholash va buxgalteriya hisobi sohasidagi bilimlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot va tahliliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Karyera imkoniyatlari
Buxgalteriya hisobi (sud buxgalteriyasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasi bitiruvchilari turli sohalarda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar sud buxgalteriya hisobi va ekspertizasi bo‘yicha mutaxassis, ichki audit bo‘yicha mutaxassis, komplaens-nazorat bo‘yicha mutaxasis, buxgalter, moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, moliyaviy menejer, analitik, moliya institutlari, nazorat qiluvchi agentliklar, konsalting firmalari, notijorat tashkilotlarida soha bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlashi mumkin. Ba’zi bitiruvchilar ushbu sohada PhD tadqiqotini davom ettirishlari mumkin.
Umuman olganda, Sud buxgalteriyasi bo‘yicha magistrlik dasturi talabalarga buxgalteriya hisobining turli sohalarida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or bilim, ko‘nikma va malakalar bilan ta’minlaydi. Dastur bitiruvchilarni murakkab boshqaruv muammolarini hal qilishga tayyorlaydi, boshqaruv qarorlari qabul qilishni va tashkilotlarning uzoq muddatli barqarorligi va muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishiga yordam beradi.

O'xshash dasturlar