Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Buxgalteriya hisobi
Dastur haqida
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) mutaxassisligi
Umumiy tavsifi
Buxgalteriya hisobi boʻyicha magistratura dasturi iqtisodiyotning barcha sohalarida buxgalteriya hisobi bo'yicha chuqur bilim va tajribani taʼminlovchi magistratura dasturidir. Dastur talabalarni korporativ boshqaruvning murakkab muhitida faoliyat yuritish va samarali boshqaruv amaliyotiga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan ilg'or ko'nikmalar va muhim bilimlar bilan ta’minlashga mo'ljallangan.
Tarkib va O'quv rejasi
Dastur davomida talabalar korporativ moliyaviy hisobot, strategik boshqaruv hisobi, ishonchlilik va ishonchli korporativ hisobotlar, buxgalteriya hisobi xalqaro amaliyoti va boshqaruvi, bozorga asoslangan buxgalteriya tadqiqotlari elementlari, buxgalteriya, tashkilotlar va jamiyat kabi fanlarni o‘zlashtiradilar. Ular buxgalteriya hisobining me'yoriy huquqiy asoslarini chuqur o‘rganadi, buxgalteriya hisobini yuritishdagi mammolar va imkoniyatlar haqida har tomonlama tushunchaga ega bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi bo'yicha magistratura dasturining o'quv rejasi nazariyani va uning amaliy qo'llanilishini birlashtiradi. Talabalar buxgalteriya hisobi masalalari bilan bog'liq tahliliy va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tadqiqotlar, tadqiqot loyihalarida ishtirok etadilar. Shuningdek, ular soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, stajirovkalarda qatnashish yoki sohada amaliy tajriba orttirish uchun real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O'quv natijalari
Magistratura dasturining o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish;
• pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
• korxonalarda buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish va boshqarish;
• tashkilot va korxonaning buxgalteriya hisobi xizmati tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
• korxonalarda buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etish tamoyillarni qo‘llash;
• bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida hisob ob’ektlari hisobini yuritish va ularning nazoratini ta’minlash;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy, statistik va soliq hisobotlarini tuzish hamda ularning ishonchliligini ta’minlash;
• korxona va tashkilotlarning iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni va tahliliy ishlarni bajarish;
• kasbiy faoliyat sohasi bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni hal qilish uchun zarur statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish hamda o‘z yechimini asoslash, moliyaviy va iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun turli vositalardan foydalanish;
• moliyaviy rejalashtirish va prognozlash uchun buxgalteriya, moliyaviy va boshqa axborotlarni tahlil qilish va sharhlash.
Karyera imkoniyatlari
Buxgalteriya hisobi (taqmoqlar va sohalar bo'yicha) magistraturasi bitiruvchilari turli sohalarda faoliyat olib borish imkoniyat ega bo’ladilar. Bitiruvchilar xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda, byudjet tashkilotlarida, tijorat banklarida buxgalteriya hisobi bo’yicha mutaxassis, iqtisodchi, auditor yordamchisi hamda Oliy ta'lim muassasalarida assistent lavozimida ishlashi mumkin. Shunindek, "Buxgalteriya hisobi va audit" ixtisosligi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishllarini olib borishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga